07 jan 09:28
Yangiliklar
Boks/MMA
Xabib yaqin 10 yildagi shaxsiy maqsadi nima ekanligini aytdi
Ikki yil avval professional faoliyatini yakunlagan engil vazn toifasida sobiq UFC chempioni Xabib Nurmagomedov yaqin 10 yil ichida 93 kilogrammdan ortiq vaznga ega bo'lishni rejalashtirmayapti.
"Odam o'zini nazorat qilishi juda muhim. Taroziga chiqib, ortiqcha bir kg vazn ko'rsam, vazn tashlashim shartligini o'zimga o'zim aytaman. Men o'zimni nazorat qilaman. Hozirda 93 kg vaznga egaman va yaqin 10 yil ichida shu vaznda qolish mening maqsadim.
88-89 kg vaznda yurish men uchun juda qiyin. Buning uchun doim dieta saqlashim kerak bo'ladi. Biroq men juda ko'pchilik bilan uchrashaman va mashg'ulot olib boraman. SHu sababli ham shakar va ozgina gazli ichimliklar ichishim shart. Ortiqcha dieta odamda stress hosil qiladi", - dedi Xabib.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar