07 okt 10:05
Yangiliklar

Xabib yil jangida Konorni muddatidan oldin mag'lub etdi!
Jangning to'rtinchi raundida Xabib raqibini bo'g'ib oldi va yakunda muddatidan oldin g'alaba qozondi.
OLAMSPORT.COM sayti jangdan MATNLI TRANSLYACIYA olib bordi.
-Jangdan so'ng zalda tartibsizliklar boshlanib ketdi. Bu hali uzoq vaqt muhokama qilinadi. CHempionlik kamari esa Xabibda qoldi. Hozircha!
-Jang yakunlandi! Konor taslim bo'ldi! Xabib raqibini bo'g'ib oldi va yakunda Konor jangni davom ettira olmasligini malum qildi.
-To'rtinchi raund davom etmoqda.
-Uchinchi raundda nihoyat Konor biroz faollik ko'rsatishni boshladi.
-Ikkinchi raund shubhasiz Xabib foydasiga.
-Konor burchakka siqilib qoldi. Xabib esa o'zining zarbalar seriyasi bilan ustunlik qilmoqda.
-Nurmagomedov ikkinchi raundni faol boshladi. Bu esa kurashcha uslubdan yaxshiroq. Tomoshabop.
-Xabib o'z uslubida Konorni siqib olgan. Kurashcha uslub.
-Jang boshlandi!
-Boshlovchi sportchilarni tanishtirmoqda.
-Olqishlardan zalda Konorning muxlislari ko'pligi sezildi.
-Endi esa Xabib Nurmagomedov chiqdi.
-Oktagonga birinchi bo'lib Konor MakGregor chiqib keldi.
- Jang boshlanmoqda.
Fikrlar