14 dek 17:31
Yangiliklar
Boks/MMA
Xabib Zabit Magomedsharipovning MMA'ga qaytishi mumkinligini aytdi
Engil vazn toifasida sobiq UFC chempioni Xabib Nurmagomedov Zabit Magomedsharipov faoliyatini davom ettirishi mumkinligi haqida gapirdi.
"Biz u bilan yaxshi do'stmiz va doim muloqot qilib turamiz. Lekin u bilan bu narsalar haqida gaplashmaganmiz. Menimcha, u shaxsiy sabablarga ko'ra faoliyatini yakunlagan. Ammo u bilan bu mavzuda suhbatlashish juda qiziqarli.
Uning qaytish imkoniyati bormi? Mendan farqli o'laroq, u onasiga vada bermagan. Menimcha, unga hamma narsa mumkin", - dedi Nurmagomedov.
31 yoshli Magomedsharipov shu yilning iyun oyida faoliyatini yakunlanganini elon qilgan edi.
Havola :
Manba : sports.ru
Fikrlar