25 iyu 19:08
Yangiliklar
Boks/MMA
Xabibga qiyofadosh tojikistonlik Nurullo Aliev UFC Abu-Dhabi turnirida jang qildi
Tojikistonlik engil vazn toifasida mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan UFC jangchisi Nurullo Aliev BAAning Abu-Dabi shahri mezbonlik qilayotgan UFC Fight Night turnirida ishtirok etdi.
Aliev ushbu oqshomda tajribali amerikalik sportchi Mayk Devisga qarshi oktagonga ko'tarildi. Mazkur qarama-qarshilik to'liq davom etib, yakunda Nurullo hakamlarning yakdil qarori bilan g'alabaga erishdi.
25 yoshli Nurullo Aliev professional MMAda hozirga qadar 12 ta jang o'tkazib, barchasida g'alaba qozonib kelmoqda.
Eslatib o'tamiz, mazkur oqshomda hamyurtimiz Ramazon Temirov Avstraliya vakili Stiv Erceg bilan bahs olib boradi. Bogdan Guskov esa markaziy jangda rossiyalik sobiq chempion Magomed Ankalaev bilan to'qnash keladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar