10 noy 09:20
Yangiliklar
Boks/MMA

"Xabibni kimdir mag'lub qilishi mumkin bo'lsa, u - Islam Maxachev"
Sobiq UFC chempioni Mayk Svik Islam Maxachevning kelajagi haqida gapirdi.
Svik hozirda Tailanddagi AKA zaliga egalik qiladi.
"Ancha yildan beri bizdan so'rab kelishadi: kimdir baribir Xabibni engishi mumkin-ku? Hamma biz reytingdagi ikkinchi yoki uchinchi raqamli jangchilarni aytishimizni kutgandi. Ammo, biz har doim Islamni yodga olardik. Agar Xabibni kimdir mag'lub qilishi mumkin bo'lsa, u Islam Maxachev", -dedi Mayk Svik.
Eslatib o'tamiz, Islam Maxachev yaqindagina Den Xukerni birinchi raunddayoq mag'lub qilgandi.
Havola :
Manba : BJPenn.com
Fikrlar