16 okt 08:10
Yangiliklar

"Xabibni ruxan sindirib bo'lmaydi. Dog'istonliklar qiyin hayot sabab shunday bo'lishadi"
"Xabib hammani yiqitadi. Sen qanchalik kuchli bo'lishingdan qatiy nazar. Rafael Dos Anos kabi jiu-jitsu bo'yicha qora belbog' sohibi bo'lsang ham u seni burdalab tashlaydi. Xabib barcha raqiblarini er tishlatadi.
Men Xabibning oktagondagi har bir jangida hayratga tushganman. U engilmas jangchi. Bizning sport turida, ayniqsa engil vaznda bu hayratlanarli natija. Bunga ishonish qiyin.
U o'rgimchakga o'xshaydi. Sening organizminga zaxar yuboradi va sekinlik bilan tanangni parchalaydi. Bu narsa Edson Barbozaning yuzidan malum edi. Birinchi raunddan keyin Edson zo'rg'a tirik qolgandi, ammo oldingi ahvolidan asar ham qolmagandi.
Xabibni ruhiy jihatdan engib bo'lmaydi. O'ylashimcha bu yigit boshqa toifadagi inson. Dog'istonliklar juda qattiq irodaga ega bo'lishadi. Qiyin hayot natijasida ularni sindirib bo'lmaydi", -deydi Jo Rogan o'zining podkastida.
Fikrlar