30 dek 15:15
Yangiliklar
Boks/MMA

Xabibning murabbiyi Konor - Pore jangiga taxmin bildirdi
UFC kamari sohibi Xabib Nurmagomedovning murabbiyi Xaver Mendes Konor Makgregor - Dastin Pore jangiga taxmin bildirdi.
«Menimcha, Konor g'alaba qozonadi. Uning zarbasi va texnikasi Dastinnikiga qaraganda yaxshiroq. Biroq, jang qanday natija bilan yakunlanishini hech kim aniq ayta olmaydi. Har ikkisi ham jahon darajasidagi jangchilar», - dedi Xaver Mendes.
Eslatib o'tamiz, Konor Makgregor - Dastin Pore jangi 23 yanvar kuni bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : Championat.com
Fikrlar