23 okt 13:06
Yangiliklar
Boks/MMA

Xabibning murabbiyi: Navbatdagi jang Konorga qarshi bo'lsa ajablanmayman
Engil vazn chempioni Xabib Nurmagomedovning murabbiyi Xaver Mendesning fikricha, shogirdining keyingi raqibi Konor Makgregor bo'ladi.
“Navbatdagi bahs Konorga qarshi bo'lsa, ajablanmayman. UFC — bu biznes. Rahbariyat Konorning navbatdagi jangidagi g'alabasidan so'ng yana katta pul ishlab oladi deb o'ylayman. Ularda ikkita variant bor. Xabib — Sen-Per yoki Xabib — Konor.
Xabib — Sen-Per jangi barcha bahslardan ko'proq pul olib kelishi mumkin. Lekin uning yoshini va anchdan beri mashg'ulotsiz yurganini hisobga olsak, Xabib — Konor jangi haqiqatga ancha yaqin”, - dedi Xaver Mendes.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar