13 okt 23:01
Yangiliklar
Boks/MMA

Xabibning sobiq raqibi uning kuchi nimada ekanligini aytdi
Braziliyalik jangchi Edson Barboza Xabibning kuchi nimada ekanligi, nega uni hech kim mag'lubiyatga uchrata olmasligini aytdi.
Eslatib o'tamiz, 2017 yilning dekabr oyida Xabib Nurmagomedov Edson Barbozani ochkolar hisobiga mag'lubiyatga uchratgan edi. Hozirgacha Xabib MMAda 28 jangda 28 g'alabaga erishgan.
"U ruhan juda kuchli. Hamma uni nima qilishini oldindan biladi. Xabib esa shunchaki oktagonga chiqadi va nimani o'ylagan bo'lsa shuni amalga oshiradi.
Hamma u kurashga etibor qaratishini biladi. Ammo hech kim uni to'xtata olmaydi",-dedi Barboza.
Havola :
Manba : MMA Junkie
Fikrlar