10 okt 09:59
Yangiliklar
Boks/MMA
Xalil Rauntri keyingi jangini qachon va kimga qarshi o'tkazmoqchiligini aytdi
Yarimog'ir vazn toifasida amerikalik UFC jangchisi, kamar uchun sobiq davogar Xalil Rauntri navbatdagi raqibi kim bo'lishini malum qildi.
U 6 oktyabr kuni UFC 307 turniri doirasida yarimog'ir vazn chempioni, braziliyalik Aleks Pereyra bilan jang qilib, to'rtinchi raundda nokautga uchragan edi.
"Men kelasi yilning birinchi choragida oktagonga qaytishni istayman. O'ylashimcha, Jamal Xill bilan jang deyarli muqarrar bo'lib qoldi. U reytingda uchinchi o'rinni egallab turibdi, umuman olganda, kuchli beshlikdagi har kim menga raqib bo'lishi mumkin", deb yozdi Rauntri.
Havola :
Manba : fightnews
Fikrlar