16 iyu 13:07
Yangiliklar
Xalqaro karate federaciyasi prezidenti MOQ rahbari bilan uchrashdi
Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida martabali mehmonni O'zbekiston karate WKF federaciyasi prezidenti Alamjon Mullaev kutib oldi. Bundan bir necha daqiqa avval esa O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasida rasmiy uchrashuv bo'lib o'tdi.
MOQ prezidenti Rustam SHoabdurahmonov Antonio Espinoza bilan olimpiya oilasiga mansub karate sport turinining yurtimizdagi rivoji, o'zbek sportchilarining jahon karatesiga qo'shayotgan hissasi, shuningdek, poytaxtimizda boshlanish arafasida turgan Osiyo chempionati, Tokio Olimpiadasi va boshqa qator masalalar bo'yicha suhbatlashdi.
Uchrashuvda Alamjon Mullaev, MOQ vice-prezidenti Azizjon Kamilov ham ishtirok etdi. Janob Espinozaga esa Xalqaro karate WKF federaciyasi vice-prezidenti, Osiyo karate WKF prezidenti General Nasser (BAA) hamda Saudiya Arabistoni karate WKF federaciyasi prezidenti doktor Ibrohim Al Gannas hamrohlik qildi.
Uchrashuv so'nggida Rustam SHoabdurahmonov Antonio Espinozaga esdalik sovg'asi topshirdi. Bugun kunning ikkinchi yarmida O'zbekiston jismoniy tarbiya va sport vazirligida ham uchrashuv bo'lib o'tadi.
Eslatib o'tamiz, 19-21 iyul kunlari poytaxtimizdagi "O'zbekiston" sport majmuasida kattalar o'rtasidagi Osiyo chempionati bo'lib o'tadi.
Fikrlar