15 may 11:56
Yangiliklar
Stol tennisi
Xalqaro stol tennisi federaciyasi prezidenti O'zbekistonda! (FOTOGALEREYA)
SHu kunlarda poytaxtimizdagi "Yunusobod" sport majmuasida stol tennisi bo'yicha WTT Youth Contender Tashkent 2026 turniri bo'lib o'tmoqda.
O'zbekiston xalqaro sport hamjamiyatining ishonchli va yirik hamkoriga aylanib borayotganining navbatdagi tasdig'i sifatida, Xalqaro Stol Tennisi Federaciyasi (ITTF) Prezidenti Petra Syorling xonim mamlakatimizga tashrif buyurdi.
Petra Syorling xonimni Sport vaziri Adham Ikramov, Milliy Olimpiya qo'mitasi Bosh kotibi Oybek Kasimov, Sport vaziri o'rinbosari SHahrullo Mahmudov hamda O'zbekiston stol tennisi federaciyasi bosh kotibi Gavhar Muqaddasova kutib oldi.





Havola :
Manba : minsport.uz
Fikrlar