25 avg 08:50
Yangiliklar
Boks/MMA

Xamzat CHimaev bilan birga shug'ullanayotgan Muradovning raqibi: "Hammangiz tamomsiz!" + FOTO
Mahmud Muradov 22 oktyabr kuni Abu-Dabi shahrida o'tkaziladigan UFC 280 turniri doirasida Kayo Barraloga qarshi oktagonga ko'tariladi.
Braziliyalik jangchi Barralo ijtimoiy tarioqlardagi sahifasiga Xamzat CHimaev bilan suratini joyladi va uni shunday izohladi:
"Yigitlar, hammangiz tamomsiz".
Kayo 22 oktyabr kungi jangiga Xamzat CHimaev bilan birgalikda tayyorgarlik ko'rmoqda. Xamzatning o'zi 10 sentyabr kuni Neyt Diazga qarshi oktagonga chiqadi.
Malumot uchun, Kayo Borralo faoliyati davomida 13 ta jangda ishtirok etib, 12 tasida g'alaba qozongan va 1 ta jangda mag'lub bo'lgan.
Eslatib o'tamiz, Muradov so'nggi jangini 2021 yilning 29 avgust sanasida Jerald Myorshartga qarshi o'tkazgan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar