15 sen 10:51
Yangiliklar
Xamzat CHimaev Isroilning eng kuchli kishisini jangga chorladi
Hozirda SHveciya sharafini himoya qilayotgan Xamzat Falastin va Isroil o'rtasidagi bir necha yildan beri davom etib kelayotgan nizoga o'z munosabatini bildirdi.
"Sizlar Falastinda mehmonsizlar, shuni unutmanglar! Falastinliklarni siz kabi qochoqlarga er bergani uchun ham hurmat qilinglar. Sizlar hali Falastindan quvib chiqarilasizlar. Bu kun albatta keladi. Menga Isroilning eng kuchli kishisini beringlar. Men uni sindiraman", - deya o'zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida isroilliklarga murojaat qilgan "Borz".
Keyinchalik bu xabar o'chirilgan.
"Men xabarni o'chirganim yo'q - uni bloklab qo'yishdi", - deya holatga munosabat bildirgan CHimaev.
Eslatib o'tamiz, 29 yoshli Xamzat CHimaev UFC`da 6 ta g'alabadan iborat seriya bilan kelyapti va 21 oktyabr kuni Abu-Dabida o'tkaziladigan UFC 294 turnirida Paulo Kostaga qarshi oktagonga ko'tariladi.
Fikrlar