08 sen 09:11
Yangiliklar
Boks/MMA

Xamzat CHimaev Kamaru Usman haqida fikr bildirdi
Yarimo'rta vazn toifasida shveciyalik UFC jangchisi Xamzat CHimaev Kamaru Usmanning Leon Edvardsga mag'lub bo'lgani haqida gapirdi.
"Aql bovar qilmas jang bo'ldi va men ko'p narsani tushundim. Qiziq! Usman yuqori darajaga ko'tarildi va Kanelo bilan jang qilmoqchi edi. Lekin, u zarbani o'tkazib yubordi. Usman bizga buning aksini aytgan edi. Usman pul ishlamoqchi bo'ldi, ammo Leon uning o'rnini ko'rsatib qo'ydi.
Menimcha, Usman avvalgidek bo'la olmaydi. Bu aniq. Biz juda ko'p chempionlar mag'lub bo'lmaslik uchun himoyaviy jang namoyish etganini ko'rdik. Lekin, baribir ular nokautga uchradilar. Endi u ham oddiy odam ekanligini bilib oldik", — dedi CHimaev ESPN'ga bergan intervyusida.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar