11 dek 17:33
Yangiliklar

Xamzat CHimaev - Leon Edvards jangining yangi sanasi elon qilindi
Bunga britaniyalik jangchining koronavirusga topshirgan tahlili ijobiy chiqqani sabab bo'lgandi. UFC promousheni tomonidan asli kelib chiqishi chechenistonlik bo'lgan Xamzatning yangi jang sanasini elon qilindi. Ushbu jang 20 yanvar kuni Abu-Dabidagi "Janglar oroli"da tashkil etiladigan UFC Fight Night turniri doirasida o'tkaziladi. Bu malumotni shaxsan UFC prezidenti Dena Uayt ham tasdiqladi.
Malumot uchun, 29 yoshli Leon Edvards 8 ta jangdan beri mag'lubiyat va durang nimaligini bilmay kelmoqda. So'nggi jangida Rafael Dos Anosni mag'lubiyatga uchratgan edi. 26 yashar Xamzat CHimaev esa ikki oy ichida UFC oktagonida 3 ta jang o'tkazib, ularning barchasini muddatidan avval o'z foydasiga hal qilgan.
Fikrlar