09 fev 09:14
Yangiliklar
Boks/MMA

Xamzat CHimaev Neyt Diazga jang qilish uchun qancha pul taklif qilganini malum qildi
SHveciyalik jangchi Xamzat CHimaev UFC 279 turnirida Neyt Diaz bilan jangi bekor bo'lganini esladi.
Eslatib o'tamiz, CHimaev jang arafasida tarozidan o'ta olmagan edi.
"Diaz bilan jang uchun menga 1 million dollar va pullik translyaciya foizi to'lanishi kerak edi. Hammasi o'zgarganda, faqat bir million qoldi. Men Diazga ham gonorar, ham translyaciyalar foizidan tushgan pulni taklif qildim. Ramzan Axmatovich menga qo'ng'iroq qilib, Neytga jangga rozi bo'lishi uchun 2 million dollar berishi mumkinligini aytdi. Lekin u takliflarni rad etdi.
U shunchaki qochish uchun imkoniyat topgan edi. Neyt men bilan jang qilishni xohlamadi. Menda 900 gramm ortiqcha vazn bor edi, lekin bir kechada uni tashlay olmadim", - dedi CHimaev.
Havola :
Manba : sports.ru
Fikrlar