16 okt 13:47
Yangiliklar
Boks/MMA

Xamzat CHimaev Topuriya va Carukyan o'rtasidagi ehtimoliy jang haqida fikr bildirdi
UFC chempioni Xamzat CHimaev Iliya Topuriya va Arman Carukyan o'rtasidagi ehtimoliy to'qnashuv haqida fikr bildirdi.
"Arman ham to'g'ri turib jang qilishda yomon emas... U yaxshi zarbachi, Topuriya undan zarba texnikasida ancha ustun deb o'ylamayman. Lekin zarba kuchi bo'yicha, ha, bu janglarda ko'rinib turibdi — Topuriya qattiqroq uradi. Hamma “Biz Topuriyani besh raund jang qilganini ko'rmadik” deydi.
Balki u besh raund jang qilar... Men uchun bu jang juda qiziq va taxminan imkoniyatlar 50/50. Agar Arman o'z uslubida jangni olib borsa, ehtiyotkorlik bilan g'alaba qozonishi mumkin. Lekin agar Topuriya zarba bersa — u yutadi", — dedi CHimaev.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar