31 okt 19:44
Yangiliklar

Xamzat CHimaev: Xabib mening dog'istonlik akam
«Albatta, men u bilan qo'l berib salomlashaman. Biz musulmonmiz, u dog'istonlik akam, dog'istonlik birodarlarim ko'p, ularni yaxshi ko'raman. Internetda biz haqimizda ko'p yozishadi va yomon gapirishadi. Men ularning miyalarida nima borligini bilmayman.
Biz yaxshi odamlarmiz, u oilasi uchun yaxshi hayot kechirdi, men buni hurmat qilaman. Men o'z ishini alo darajada bajaradigan barcha yigitlarni yaxshi ko'raman. Bunday odamlar bemanilik qilib, ko'chalarda gaplashib yurishmaydi. Islamga o'xshagan munosib yigitlar kurashda g'alaba qozonadilar. Uning onasi ham mening onamdek faxrlanadi, bilaman, onam men uchun duo qiladi.
Xuddi shunday uning onasi ham u uchun duo qiladi. Va men baxtliman. Alloh guvohki, bu ishni qilayotganlaridan xursandman. O'zim uchun ham xursandman», - dedi CHimaev.
Fikrlar