08 okt 14:56
Yangiliklar
Boks/MMA

Xamzat CHimaevning chorloviga javob qaytarishdi
UFC jangchisi Leon Edvards Xamzat CHimaevga qarshi jang qilishga rozilik bermadi.
Sabab - CHimaevning toplarga qarshi jang qilmagani.
“CHimaev yarimo'rta vaznda faqatgina bitta jang o'tkazdi. Uning bu jangidan nimadir olish qiyin. U meni jangga chorladi, lekin men bu chorlovga umuman etibor ham bermadim. U hech bo'lmasa TOP25 dagi jangchilardan birini mag'lub etsin, keyin bizga qarshi jang qiladi. Men UFCning bu harakatlaridan hayratdaman. Jangchilar iloji boricha kamtar bo'lishi kerak”,-dedi Leon.
Eslatib o'tamiz, avvalroq Stiven Tompson ham shunday sabab bilan Xamzatga qarshi jang qilishdan bosh tortgandi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar