20 iyu 06:05
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/227395_220.jpg)
Xamzat CHimaevning navbatdagi jangi sanasi va raqibi malum + POSTER
SHveciya sharafini himoya qilayotgan Xamzat CHimaev UFC 279 turnirining markaziy jangida oktagonga ko'tariladi.
Yarimo'rta vazn (77 kg) toifasida o'z janglarini o'tkazib kelayotgan CHimaev (11-0) amerikalik tajribali UFC jangchisi Neyt Diaz (23-13) bilan to'qnash keladi. Ushbu superjang 10 sentyabr kuni AQSHning Las-Vegas shahridagi T-Mobile arenada bo'lib o'tadi.
Besh raunddan iborat bahs UFC 279 turnirining markaziy jangi maqomida bo'ladi. Bu Neyt Diaz uchun UFC bilan shartnomadagi so'nggi jang bo'ladi.
Eslatib o'tamiz, CHimaev oxirgi jangini aprel oyida UFC 273 turniri doirasida braziliyalik Gilbert Byornsga qarshi o'tkazib, ochkolar hisobiga ko'ra g'alaba qozongandi. Diaz esa 2021 yilning iyun oyida o'tkazilgan UFC 263 turnirida britaniyalik Leon Edvardsga ochkolar bo'yicha yutqazgan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar