05 avg 12:19
Yangiliklar
Boks/MMA

Xamzatning yig'inida ishtirok etgan Xotambek Boynazarov CHimaev - Dyu Plessi chempionlik jangiga taxmin bildirdi
O'zbekistonlik taniqli aralash yakka kurash ustasi, yarim o'rta vazn toifasida UAE Warriors chempioni Xotambek Boynazarov Toshkentga qaytdi.
U 17 avgust kuni bo'lib o'tadigan UFC 319 turnirining markaziy bellashuvi — o'rta vazn chempioni Drikyus Dyu Plessi va Xamzat CHimaev o'rtasidagi titul jangiga taxmin bildirdi.
"Xamzatning jismoniy holati hozirda juda yaxshi. U In SHa Alloh yutadi. Mashg'ulotlari yaxshi, birga tayyorlanayotgan sheriklari ham zo'r. O'ylashimcha, 3-raunddan o'tkazmasa kerak raqibini", deydi Boynazarov.
Eslatib o'tamiz, Xotambek BAA vakili Xamzat CHimaevning Dyu Plessiga qarshi jangi uchun tayyorgarlik doirasida o'tkazilgan yig'inda ishtirok etgandi.
Havola :
Manba : uzcombat
Fikrlar