08 noy 10:12
Yangiliklar

Xaritonov Dubayda Britaniyaning eng kuchli kishisini nokautga uchratdi
PaRus Fight Championship MMA oqshomida rossiyalik og'ir vazn toifasi vakili Sergey Xaritonov britaniyalik Oli Tompsonga qarshi oktagonga ko'tarildi. Jang birinchi raundda yakunlandi. Xaritonov raqibini qo'lda bergan kuchli va aniq zarbasi evaziga nokautga uchrata oldi.
Britaniyalik strongmen Oli Tompson — "Buyuk Britaniyaning eng kuchli kishisi" sovrini sohibi hisoblanadi. U UCMMA chempioni bo'lgan, UFC, KSW va Bellator promoushenlarida ishtirok etgan. Bu uning faoliyatidagi 13-mag'lubiyati bo'ldi.
Eslatib o'tamiz, 40 yoshli Sergey Xaritonovning bundan avvalgi jangi 11 sentyabr kuni professional boks kechasi doirasida o'tkazilgan va o'shanda u superog'ir vaznda WBC kamariga sobiq davogar Denni Uilyamsni mag'lub etgandi. Bu Sergeyning boksdagi debyut jangi edi.
Fikrlar