29 dek 16:26
Yangiliklar
Boks/MMA

Xasan Magomedsharipovning "Bellator"dagi navbatdagi jangi aniq
Rossiyalik MMA jangchisi Xasan Magomedsharipov qachon, qaerda va kimga qarshi jang qilishi malum bo'ldi.
21 yoshli sportchi o'zining keyingi jangini 25 fevral kuni Dublin shahridagi Bellator turniri doirasida o'tkazadi. Xasan Magomedsharipovning raqibi ispaniyalik Xose Sanches bo'ladi.
Malumot uchun, Xasan Magomedsharipov shu paytga qadar mag'lubiyat nimaligini bilmay kelmoqda. Sporchining mag'lubiyatsiz seriyasi 6 ta jangga etgan.
Eslatib o'tamiz, Magomedsharipov ishtirok etadigan kechaning asosiy jangi Gerard Musasi va Ostin Vanderford o'rtasida bo'ladi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar