02 sen 07:14
Yangiliklar
Boks/MMA

Xasbik: "Agar Makgregor haqiqatan ham erkak bo'lsa, u bilan Abu-Dabida ko'rishamiz"
Xasbik nomi bilan tanilgan mashhur Xasbulla Magomedov ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ikki vazn toifasida sobiq UFC chempioni Konor Makgregorning haqoratlariga javob qaytardi.
Avvalroq, Konor Xasbikni ijtimoiy tarmoqlarda bir necha bor haqoratli so'zlar bilan tanqid qilgan edi.
"Men piyonistalarning gapiga quloq solmayman. Oldimda kimdir og'zini ochganini bilmay qoldim. Hech bo'lmaganda bittamiz mag'lubiyatga uchramaganmiz: Xasbulla - 1, Konor - 0. Hozir UFC bilan shartnomam bor. Agar Makgregor haqiqatan ham erkak bo'lsa, u bilan Abu-Dabida ko'ramiz. Xabib uni allaqachon mag'lub etgan. Menimcha, uning Meyvezer bilan jang qilganidan keyin olgan pullari tugagan va unga ko'proq etibor bo'lishini istaydi", — deb yozadi Xasbik.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar