27 mar 10:41
Yangiliklar
Boks/MMA

Xasbulaev va Bibulatov ACA`ning yangi chempionlari
Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida aralash qoidalar bo'yicha ACA 120 turniri bo'lib o'tdi.
"Sibur-Arena"da o'tgan oqshomning markaziy jangi engil (61,2 kg) vazn toifasida o'tkazilib, unda mezbonlar vakili, sobiq UFC jangchisi Magomed Bibulatov promoushen chempioni, braziliyalik Daniel de Almeydaga qarshi oktagonga ko'tarildi. Jang to'liq besh raund davom etdi va yakunda hakamlar rossiyalik sportchining g'alabasini taminlashdi. Bibulatov ASA promoushenining yangi chempioniga aylandi.
Oqshomning anderkard jangida yarim engil vazn toifasi vakillari - Magomedrasul Xasbulaev va Felipe Froes to'qnash kelishdi. Xasullaev to'rtinchi raundda bo'g'ish usuli bilan raqibini engib, ushbu divizionning yangi chempionlik kamarini qo'lga kiritdi.
Havola :
Manba : fighttime
Fikrlar