02 sen 18:39
Yangiliklar

Xasbulla Konor Makgregorning tahdidiga "otvet" qildi
Xasbulla va Konor o'rtasida ijtimoiy tarmoq sahifalaridagi dahanaki jang davom etadi.
"Men har qanday aqli pastlarning ham sahifasiga azo bo'lavermayman. SHu boisdan men ham kim nima deb valdirayotganini bilmayman. Agar kelasi safar ham menga biror gaping bo'lsa, meni o'sha xabaringda belgilashni unutma. Aks holda ikkimizdan birimizning mag'lubiyatsiz seriyamiz davom etadi. Hozir menda UFC bilan shartnoma bor. Konor haqiqatan ham erkak bo'lsa, u bilan Abu-Dabida ko'rishamiz. Uni allaqachon Xabib yo'q qilib bo'lgan. O'ylashimcha, Konorning Meyvezer bilan jangda olgan pullari tugab qoldi. Unga etibor kerakligini o'zi ham yaxshi tushunib turibdi", - dedi Xasbik.
Avvalroq, Makgregor Xasbikning o'smay qolganini kalaka qilib, undan futbol yoki basketbol to'pi o'rnida foydalanishini yozgandi. Lekin ko'p o'tmay, yozganlarini ijtimoiy tarmoqdagi sahifasidan o'chirib tashlagan edi.
Fikrlar