11 okt 08:26
Yangiliklar
Boks/MMA
Xaver Mendes: "Xabib butunlay ketdim deb aytmagan"
Mashhur murabbiylardan biri Xaver Mendes engil vazn toifasidagi sobiq chempion Xabib Nurmagomedovning nima sababdan sherigi Islam Maxachevni 21 oktyabr kungi jangga tayyorlayotganini aytdi.
Yanvar oyida Xabib MMAdan butunlay ketib, vaqtini oilasiga bag'ishlashini aytgandi.
"Oldin ham takidlaganimdek, u biror kishini shug'ullantirmayman deb aytmagan. U shunchaki sekundant bo'lmasligi hamda oilasi u uchun yuqori o'rindaligini malum qilgandi. Agar vaqti bo'lsa, u sheriklarining yonida bo'ladi. U biror marta: "Bu erdan butunlayga ketdim", deb aytmagan. SHunchaki uning gaplari janglarda qatnashishga atalgandi", - dedi Mendes.
Havola :
Fikrlar