13 iyu 12:58
Yangiliklar
Tennis
Xertogenbos (ATP). Raonich ikki yillik tanaffusdan so'ng qaytdi
Niderlandiyaning Xertogenbos shahrida tennis bo'yicha chim qoplamali ATP turniri bo'lib o'tmoqda.
Ikki yillik tanaffusdan so'ng faoliyatini qayta tiklagan va ayni paytda reytingi bo'lmagan Milosh Raonich ushbu musobaqada muvaffaqiyatli start oldi. Kanadalik tennischi ilk davrada ATP reytingida 39-pog'onadan joy olgan serbiyalik Miomir Kechmanovichdan ustun keldi - 6/3, 6/4.
Tennischilarning o'zaro uchrashuvlarida Raonich oldinda bormoqda - 3:1. Bir soatu 25 daqiqa davom etgan bahsda Raonich 14, Kechmanovich 4 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Endi 32 yoshli Milosh ikkinchi davrada avstraliyalik Jordan Tompson hamda franciyalik Jovanni Mpeshi-Perrikar uchrashuvi g'olibiga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar