31 jan 12:20
Yangiliklar
Boks/MMA

Xirn Saul Alvaresning rejalari haqida gapirdi
Saul Alvaresning yangi promouteri Eddi Xirn bokschining rejasi va maqsadi haqida gapirdi.
"Saul biz bilan shartnoma imzolagan, shuning uchun ham uning ikkinchi jangini o'tkazamiz. Raqib Billi Jo Sonders bo'ladi. Bizga undan aniq talab kelib tushgan - imkon qadar tezroq mutlaq jahon chempioni bo'lish. U majburiy davogar bilan jang qilganidan so'ng, faqatgina ikkita jang qoladi. Ulardan biri Billi Jo Sonders, ikkinchisi Kaleb Plant bo'ladi. Billi Jo Sonders may oyida unga qarshi jang qilmoqchi. Kanelo ushbu jangda g'alaba qozonganidan so'ng Plant bilan ringga ko'tariladi", - dedi Xirn.
Havola :
Manba : BoxingScene
Fikrlar