02 iyu 11:36
Yangiliklar
Boks/MMA

Xirn Xeyni - Lopes birlashtiruvchi jangini tashkil qilishga tayyor
Engil vazn toifasida WBC chempioni Devin Xeynining promouteri Eddi Xirn o'z mijozining WBA, IBF va WBO yo'nalishlari chempioni Teofimo Lopes bilan birlashtiruvchi jang o'tkazishga tayyorligini malum qildi.
"Menimcha, Xeyni o'zini jahon elitasi darajasidagi jangchi ekanligini ko'rsatdi. U Teofimo, Jervonta va Rayan Garsiyani mag'lub eta oladimi? Bunga ishonaman, lekin kutamiz. Teofimo Kambososdan keyin Xeyni bilan jang qilishni xohlashini juda qatiy aytdi va biz ham bu jang o'tkazilishi tarafdorimiz. Keling, buni amalga oshirishga urinib ko'ramiz.
Buni amalga oshirishning ko'plab usullari bor. Bizning pulimiz bor. Men buni uddalay olishimizga ishonaman. Agar bu Devin uchun imkoniyat bo'lsa, biz undan foydalanishimiz kerak. Bu jang bo'lmasligi uchun hech qanday sabab ko'rmayapman", - deya Xirnning so'zlarini keltiradi Boxingnews24.
Havola :
Manba : Boxingnews24
Fikrlar