So’nggi yangiliklar

00:07Туркия Суперлигаси. "Башакшехир" йирик ҳисобда зафар қучди, Шомуродовда 1+1, Файзуллаев ҳам захирадан тушиб гол урди (ВИДЕО) 0 23:48Баҳодир Жалолов ва Жавоҳир Умматалиевнинг Манчестердаги ғалабали жангидан ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 23:21Баҳодир Жалоловнинг Манчестердаги жанги етти раунд давом этди 0 22:17Жавоҳир Умматалиев профессионал боксдаги иккинчи жангини ўтказди 0 19:02Мария Тимофеева Истанбулдаги WTA 125 турнири финалига чиқди 0 18:29Хаби Алонсо янги клуби билан музокаралар ўтказди 0 18:00Тошкентда ўтган илк ACA турнири учун қанча чипта сотилгани маълум бўлди 0 17:33Ёш оғир атлетикачиларимиз жаҳон чемпионатида 4 та медалга сазовор бўлишди 0 16:58Ўзбекистон дзюдо федерацияси ТерДУ билан ҳамкорликни йўлга қўяди 0 16:37Ўтмишга назар. Тошкентда "Пахтакор" ва Ўзбекистон МТЖ билан ўйнаган Нидерландия клуби 0 16:16Баҳодир Жалолов: "Насиб қилса, у билан ҳали бир кун рингда тўқнаш келамиз" 0 15:55Чимаев Стриклендга қарши! UFC 328 турнирига етиб келдик (Барча тафсилотлар) 0 15:34Дзюдочиларимиз Остона “Катта Дубулға” турнирини олтин ва бронза медаллари билан бошлашди 0 15:13Роналдунинг ўғли "Боруссия" ёки "Спортинг"га ўтиши мумкин 0 14:52"Менга катта номлар ва катта пуллар керак". Чимаев Перейра билан жангни хоҳлаяпти 0

14 avg 19:25
Yangiliklar

Boks/MMA

Xitoylik taniqli UFC jangchisi unga hujum bo'lgani haqidagi voqeani aytib berdi

Teglar :  Yadong Song
Hikoya davomida Yadong voqea payti xushyorlikni yo'qotgani, ustiga ustak sog'lom bo'la turib jinoyatchilarga qarshilik ko'rsata olmagani haqida ham so'zlab berdi...

Xitoylik eng yaxshi UFC jangchisi Yadong Song yaqinda do'sti bilan efirga chiqib, qurolli o'g'rilik qurboni bo'lganligi haqidagi dahshatli voqeani aytib berdi. Jangchining baxtiga barchasi muvaffaqiyatli yakunlangan. “Umrimda birinchi marotaba qurolli shaxslar hujumiga uchradim. Do'stim bilan men yoqilg'i quyish shaxobchasiga kirgandik va u erda bizni 4 nafar qora tanli odamlar kutib turgandi. Ularning mashinasidagi davlat raqami berkitilgan edi. Jinoyatchilar bizni o'ldirishni emas, balki zargarlik va qimmatbaho buyumlarni talab qilishdi”, deya xotirlaydi xitoylik jangchi. 


Hikoya davomida Yadong voqea payti xushyorlikni yo'qotgani, ustiga ustak sog'lom bo'la turib ularga qarshilik ko'rsata olmagani haqida ham aytib o'tdi: “Do'stim bilan tirik qolganimizdan juda xursandmiz. Bu dahshatli hikoya. Bunday vaziyatga tushib qolgan har qanday inson uchun shunday maslahat berardimki, ular so'ragan hammma narsani bering”.  Song aytib o'tgan ushbu so'zlar to'g'ri. Boisi, qahramon bo'lishga urinib, o'z hayotingiz va yaqinlaringizning hayotini xavf ostiga qo'yish ahmoqgarchilikdir. Moliyaviy yo'qotish o'z hayotingizdan afzal emas, axir! Pul va boshqa qimmatbaho buyumlar topiladi.

So'nggi yillarda professional jangchilarga qilingan hujumlar haqidagi xabarlar ancha kamayib qolgandi. O'tgan yozda Jared Gordon bosqinchilarning hujumini ko'rshapalak bilan bartaraf etganini va hech qanday muammosiz u hujumni zararsizlantirganini so'zlab bergan edi. Eng hayratlanarli voqea braziliyalik Polyana Viana ishtirokida sodir bo'lgan desak, mubolag'a bo'lmaydi. Sportchi bilan bog'liq holat 2019 yilda Rio-de-Janeyro shahrida ro'y bergan. 

Jinoyatchi erkak qo'lida qurol borligini aytib, Viananing qo'lidan telefonni tortib olmoqchi bo'ladi, biroq ayol jangchi talonchining quroli u qadar xavfli emasligini sezib, ortga qayriladi va ikki zarba bilan uni erga yotqizib, bo'g'ib qo'yadi. Polyana “qaroqchi”ni taslim etgach, uni skameykaga o'tirg'izib, policiya kelguniga qadar qo'lini orqaga qildirib turadi. Xullas kalom, biz xitoylik Yadong Song o'zi bilan bo'lgan voqeani tezroq unutib, “sakkizburchakka” avvalgidan ham kuchliroq bo'lib qaytishini tilab qolamiz.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing