24 iyu 07:48
Yangiliklar
Tennis
Xitoylik tennischi faoliyatidagi ilk sovrinni Palermoda qo'lga kiritdi
Italiyaning Palermo shahrida o'tkazilgan tennis bo'yicha WTA turniri Xitoy vakilasining g'alabasi bilan yakuniga etdi.
Dunyoning 26-raketkasi bo'lib turgan CHjen Czinven hal qiluvchi final uchrashuvida WTA reytingining 52-pog'onasidan joy olgan italiyalik Jasmine Paolinini 6/4, 1/6, 6/0 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi bo'ldi.
Ikki soatu 15 daqiqa davom etgan bahsda CHjen Czinven 5 ta eys, 4 ta breykka erishib, 7 ta qo'shxatoga yo'l qo'ydi. 34 Palermo Ladies Open turniridagi muvaffaqiyatli ishtirok CHin yurti vakilasiga 280 reyting ochkosi hamda 29,760 evro mukofot puli keltirdiyu Bu uning faoliyatidgi ilk sovrin bo'ldi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar