13 okt 17:39
Yangiliklar
Olimpiya o'yinlari

Xitoyning Olimpiada-2036 uchun taklifidan XOQ'dagilarning ko'ngli to'lmadi
Xalqaro Olimpiya qo'mitasi 2036 yilgi Olimpiya o'yinlari uchun Xitoy tomonidan berilgan taklifdan norozi.
Sina nashri malumotiga ko'ra, SHanxay, CHendu va Guanjou shaharlari nomzodi etarlicha qiziqish uyg'ota olmadi.
O'z navbatida, XOQ nomzodlardan avvalgi o'yinlarning "nushasini" emas, yangicha qarash bilan berilgan arizalarni izlamoqda.
Xitoy Olimpiya o'yinlarini ikki marotaba qabul qilgan: 2008 yilda Pekinda yozgi, 2022 yil esa qishki o'yinlar.
Avvalroq, 2036 yilgi Olimpiada mezbonligi uchun Hindiston, Qatar, CHili, Turkiya va Indoneziya nomzodi borligi malum qilingandi.
Havola :
Manba : Sina
Fikrlar