So’nggi yangiliklar

19:52Ковингтон RAF турнирида Махачевга кураш таклиф қилди 0 19:02Жиддий тўқнашувда қатнашган "Тенерифе" футболчиси вафот этди 0 18:18Жонни Уокер укаси Вальтер билан жанг қилмаслигини айтди 0 17:26Жалгасбай Бердимуратов PWL Moscow турнирида иштирок этади 0 16:38Уиттакер Гусковга қарши жангда шоу ваъда қилди 0 16:01WBA рейтинги янгиланди: Икки ҳамюртимиз пешқадам, иккиси эса рейтингдан чиқиб кетди 0 15:52"Реал" АПЛдан Куртуага ўринбосар топди 0 15:00Дакар-2026: Муҳаммадисмоил Раҳмоновнинг медали Ўзбекистон сузиш спорти учун тарихий ҳисобланади 0 14:05Уайлдер кейинги жангини Гассиевга қарши ўтказиш бўйича музокара олиб боряпти 0 13:12Дакар-2026'да бугун тўрт нафар ўзбекистонлик спортчи баҳсга киришади 0 12:45Осиё Кубоги-2027 муддати қолдирилди: турнир қачон ўтказилади? 0 12:01Субханкулов ва Круз IBF камари учун жанг қилади 0 11:07Карлос Пратес: "Махачевга икки баробар кучлироқ зарба бераман, сабоқ олсин" 0 10:36Жон Маккарти Мойкано - Нолан жангидаги ҳакамнинг ҳаракатларига баҳо берди 0 10:05Sofascore. "Нефтчи" ва "Пахтакор" футболчилари кечаги учрашувлар учун неча баҳога лойиқ кўрилди? 0

21 fev 14:46
Yangiliklar

Boks/MMA

Xizmat ko'rsatgan murabbiy Konisbekovning Qozog'iston fuqaroligini olganiga munosabat bildirdi

Xabar berganimizdek, 2023 yilgi kattalar o'rtasidagi O'zbekiston chempionatida bronza medalini qo'lga kiritgan Aman Konisbekov Qozog'iston fuqaroligini qabul qilgandi.

Konisbekov O'zbekiston chempionatining yarim finalida jahon chempioni Asadxo'ja Mo'ydinxo'jaevga hakamlarning bahsli qarori bilan yutqazib qo'ygandi. Qozog'istonda xizmat ko'rsatgan murabbiy, taniqli boks mutaxassisi Jumabek Omurzakov Kazinform agentligi muxbiriga bergan intervyusida Aman Konisbekov haqida fikr bildirdi.

— Yigit bizning mamlakatga keldi, lekin bu erda hech kim unga terma jamoada joy kafolatlamagan. O'zini mehnati bilan hammasini isbotlashi kerak. Mahalliy bokschilardan bir bosh baland ekanini amalda ko'rsatishi lozim. Bu uning qo'lidan keladimi? Bu endi katta savol. Boshqa tomondan olib qarasak, Baxit Sarsekbaev men aytgan narsani o'zini kuchi va intilishi bilan isbotlagan. Uning O'zbkistondan Qozog'iston terma jamoasiga o'tishi omadli bo'lgandi. Baxit Qozog'iston sharafini himoya qila turib, Osiyo chempioni, Osiyo o'yinlari g'olibi hamda eng muhimi Olimpiada chempioni bo'lgan edi. Sarsekbaevning Qozog'istonga kelgan ilk paytlarini kechagidek yaxshi eslayman. U ishonchni mushtlariga jamlay olgan va buning natijasida ringda raqiblaridan katta ustunlikka erishgandi. Aman Konisbekov Baxitning muvaffaqiyatini takrorlay oladimi? Bu savolga faqat vaqt javob beradi, — dedi Omurzakov.


Omurzakovning so'zlariga qaraganda, so'nggi yillarda O'zbekiston boksi oldinga katta qadam tashlagan.

— Qo'shni mamlakatda boksda juda katta etibor qaratilmoqda. Ular o'z vatanlari va sporti yo'lida hamjihatlikda harakat qilishyapti. Bu borada O'zbekistondan o'rganadigan jihatlarimiz ko'p, — deya fikriga yakun yasadi Qozog'istonda xizmat ko'rsatgan murabbiy.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing