20 may 08:35
Yangiliklar

Xoakin Bakli: "Men Maxachev uchun qo'rqinchli tush bo'laman"
Xabaringiz bor, Bakli hamyurtimiz Nursulton Ro'ziboevga faoliyatidagi yagona mag'lubiyatni taqdim etgan jangchi hisoblanadi.
"Islam yarimo'rta vaznga o'tyapti. Endi divizionimizdagi hamma u bilan jang qilishni orzu qila boshlaydi. Bu xuddi muzqaymoqning bo'lagiga o'xshaydi. Islam bilan yo'llarimiz kesishmagan, yani u bilan yuzma-yuz ko'rishmaganmiz. Lekin o'zaro jangimiz oldidan u men ham haqimda ko'p narsani bilib oladi. Men u uchun qo'rqinchli tush bo'laman. CHunki, men aynan u qo'rqadigan narsani amalga oshira olaman. Della Maddalenada muammolar etarli, Islam bundan foydalanib qolishi mumkin. Maxachev Dellani mag'lub etishiga ishonaman", — deya Parry Punch nashriga intervyu bergan Bakli.
Fikrlar