25 fev 14:53
Yangiliklar
Xokkey
Xokkey bo'yicha O'zbekiston U18 terma jamoasi Gonkongda o'tadigan Jahon chempionatida ishtirok etadi
O'zbekiston U18 yoshlar xokkey terma jamoasi 2–8 mart kunlari Gonkongda bo'lib o'tadigan IIHF U18 Jahon chempionatining IIIA divizionida ishtirok etadi.
Turnirda oltita — O'zbekiston, Gonkong, Bolgariya, Turkiya, Isroil va Yangi Zelandiya milliy terma jamoalari qatnashadi. Jamoalar IIB divizionga yo'llanma olish uchun kurash olib boradilar.
O'zbekiston yoshlar terma jamoasining Jahon chempionatidagi debyuti 2025 yilda IIIB divizionida bo'lib o'tgan. Unda jamoa birinchi o'rinni egallab, IIIA divizioniga chiqish huquqini qo'lga kiritgandi.

Havola :
Manba : t.me/uz_hockey
Fikrlar