17 fev 16:48
Yangiliklar
Olimpiya o'yinlari, Qishki sport turlari
Xokkey. Kanada 8 yillik tanaffusdan so'ng ilk bor mag'lub bo'ldi
Dunyoning eng kuchli xokkey jamoasi hisoblangan Kanada Olimpiya o'yinlarida 8 yillik tanaffusdan so'ng ilk bor mag'lubiyat alamini totib ko'rdi.
Kanadaliklar guruh bosqich uchrashuvida CHexiya terma jamoasiga bullitlar seriyasida 2:3 hisobida yutqazib qo'yishdi. Ular so'nggi bor 2010 yili o'z uylarida, yani Vankuver Olimpiadasining guruh bosqichida AQSH terma jamoasiga 3:5 hisobida imkoniyatni boy berishgan edi.
O'sha mag'lubiyatdan keyin Kanada terma jamoasi Qishki olimpiya o'yinlarida ketma-ket 11ta g'alabaga erishdi. Pxyonchxan Olimpiadasining guruh bosqich 2-turidan so'ng kanadalik xokkeychilar 4 ochko bilan 2-o'rinni egallab turishibdi. CHexiya 5 ochko bilan A guruhida peshqadamlik qilyapti.
Havola :
Fikrlar