19 apr 12:39
Yangiliklar
Xokkey
Xokkey. O'zbekiston bugun guruhdagi so'nggi o'yinini o'tkazadi
Bugun xokkey bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi Jahon chempionati III divizioni B guruhidagi ishtirokini yakunlaydi.
To'rtta o'yindan keyin 100 foizli natija qayd etayotgan O'zbekiston terma jamoasi guruhdagi so'nggi o'yinni Gonkong terma jamoasiga qarshi o'tkazadi.
Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 17:30 da boshlanadi.
Terma jamoamiz bungacha 4 ta o'yin o'tkazib, ularning barchasida g'alaba qozondi va +81 to'plar nisbatiga ega bo'lgan holda, guruh peshqadami bo'lib turibdi.
Gonkong esa 9 ochko bilan ikkinchi o'rinni band etgan. Bugungi o'yinda kichik hisobdagi mag'lubiyat ham O'zbekistonni yuqori divizionga - III A guruhiga olib chiqadi.
So'nggi tur oldidan guruhdagi vaziyat bilan tanishing:

O'zbekiston - Mo'g'uliston 26:1
Filippin - O'zbekiston 3:28
KXDR - O'zbekiston 3:20
O'zbekiston - Lyuksemburg 14:0
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar