03 mar 13:30
Yangiliklar
Xokkey
Xokkeychilarimiz U-18 Jahon chempionatini yirik g'alaba bilan boshlashdi, bugun Yangi Zelandiya bilan o'yin o'tkaziladi
Gongkongda xokkey bo'yicha U-18 yosh toifasidagi Jahon chempionati start oldi.
Vakillarimiz kecha III A divizionining ilk bellashuvida mezbon Gongkongga qarshi muzga chiqib, 6:2 hisobida zafar quchdi.
Bugun xokkeychilarimizni Yangi Zelandiyaga qarshi o'yin kutib turibdi. Bellashuv 13:30 da boshlanadi.
Malumot uchun, O'zbekistonga guruh doirasida Gongkong, Yangi Zelandiya, Turkiya, Bolgariya hamda Isroil terma jamoalari raqiblik qiladi.

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar