13 dek 13:57
Yangiliklar

Xolland bugungi g'alabadan so'ng: CHimaev jangga rozi bo'lsa, bir haftadan keyin uni burdalab tashlayman
Kevin keyingi hafta yana jang o'tkazishni xohlaydi. Xolland Xamzat CHimaevni nishonga olgan.
"Men keyingi hafta ham jang qilishni xohlayman. O'ylashimcha Xamzat CHimaev hozir o'ziga raqib kutmoqda. Men u bilan jang qilishni xohlayman. CHimaev -77 va -84 kg vazn toifisida jang qiladi. Agar u -84 kg da jang qilishga rozi bo'lsa, men uni burdalab tashlayman.
Xamzatga keragidan ortiq baho berib yuborishyapti. Uning uchta jangi ham oddiy raqiblarga qarshi bo'ldi. Umuman olganda CHimaev UFCda hali haqiqatdan g'olib bo'lgani yo'q", - dedi Kevin Xolland.
Eslatib o'tamiz, Kevin Xolland bugun UFC 256 doirasida Ronaldo Souzani birinchi raunddayoq nokautga uchratib, 2020 yildagi o'zining 5-jangini ham g'alaba bilan yakunladi.
Fikrlar