20 iyu 10:32
Yangiliklar
Boks/MMA

Xolli Xolm Misha Teytga "vyzov" tashladi
Sobiq UFC chempioni Xolli Xolm ESPN 26 telekanaliga bergan intervyusida o'zining sobiq raqibasi Misha Teyt haqida fikr bildirdi.
Teyt kuni kecha Las-Vegasda Merion Renoni uchinchi raundda texnik nokautga uchratgan va besh yillik tanaffusdan so'ng o'z faoliyatini muvaffaqiyatli qayta tiklagan edi.
"Men bu vaziyatdan so'ng revansh olish imoniyatiga ega bo'lishni istardim. Xolm va Teyt ikkinchi jangini ko'rishni xohlaysizmi?", - deb yozgan Instagramda u.
Eslatib o'tamiz, 2016 yilning mart oyida Xolli Xolm jangning katta qismida ustunlik qilgan Misha Teytga qarshi chempionlik kamarini himoya qilgan, ammo bahs tugashiga ikki daqiqa qolganida u raqibasiga ortdan bo'g'ishni amalga oshirishga imoniyat berib, kamaridan mahrum bo'lgan edi.
Havola :
Manba : fighttime.ru
Fikrlar