13 okt 07:27
Yangiliklar

Xollouey Oliveyraning "vyzov"ini qabul qildi: "Mening shartim bo'yicha jang qilamiz"
"Nega bu men uchun qiziq bo'lmasligi kerak? U bilan o'rtamizda tarix bor. Men uni engdim, lekin u hammasini qandaydir jarohatiga to'nkayapti. Oq uydagi turnirgacha kutishni istamayman. Tez orada mashg'ulotlarga qaytaman. Fevral bo'lishi mumkinmi? Mart oyi ham yaxshi variant. Las-Vegasdagi jang yoki shunga o'xshash. Faqat mening shartlarim bilan jang qilamiz, birodar", - dedi amerikalik ijtimoiy tarmoqda.
Eslatib o'tamiz, Xollouey va Oliveyra o'rtasidagi birinchi jang 2015 yil avgust oyida bo'lib o'tgan va unda braziliyalik jarohati sabab ikkinchi daqiqadayoq mag'lubiyatga uchragan edi. SHu yilning iyul oyida engil vazn toifasiga uzil-kesil o'tgan Maks Xollouey besh raund yakuniga ko'ra Dastin Porening hakamlarning yakdil qarori bilan mag'lub etgan va o'ziga tegishli BMF kamarini muvaffaqiyatli himoya qilgandi.
Fikrlar