25 sen 11:22
Yangiliklar
Boks/MMA

Xolmurod Nurmatov keyingi jangini Dubayda tajribali raqibga qarshi o'tkazadi (FOTO)
23 oktyabr kuni Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida aralash yakkakurash bo'yicha ACA 194 turniri tashkil etiladi.
Ahamiyatlisi, musobaqa doirasida o'zbekistonlik taniqli MMA jangchisi Xolmurod Nurmatov ham oktagonga ko'tariladi. 31 yoshli hamyurtimiz rossiyalik Umalat Israilov bilan to'qnash keladi.
Malumot uchun, Nurmatov ayni damda o'ta engil vazn toifasi ACA reytingida 12-o'rinni egallab turibdi. U faoliyati davomida 24 ta jangda 15 g'alaba, 8 mag'lubiyat va 1 ta durang qayd etgan. Reytingning 13-pog'onasidagi 26 yashar Israilov hisobida esa 17 g'alaba va 5 mag'lubiyat bor.
Avvalroq, o'zbekistonlik sobiq UFC jangchisi Saidyoqub Qahramonov ham 23 oktyabr kuni Dubayda jang qilishiga ishora bergandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar