06 iyu 13:33
Yangiliklar
XOQ Franciyadagi tartibsizlikka munosabat bildirdi
"Biz so'nggi voqealardan afsusdamiz. Tashkiliy qo'mita hamda Franciya hukumati Olimpiya va Paralimpiya o'yinlarini muvaffaqiyatli o'tkazishiga aminmiz. SHuningdek, bu o'yinlar butun dunyoni kutib oladigan francuz xalqining mehmondo'stligi ostida o'tishiga to'liq ishonamiz", - dedi XOQ vakili.
Franciyada ommaviy tartibsizliklar 27 iyun kuni yo'l-patrul talabiga bo'ysunmagan o'smirning o'limidan so'ng boshlangandi. O'smir policiyachi otgan o'qdan vafot etgan edi.
Qayd etilishicha, tartibsizliklar vaqtida Olimpiya o'yinlari obektlariga to'g'ridan-to'g'ri tasir o'tkazilmagan. Biroq, Parijdagi suv sporti olimpiya mashg'ulotlari markazining tashqi qismi shikastlangan.
Eslatib o'tamiz, Parij Olimpiya o'yinlari 2024 yilning 26 iyulidan 11 avgustiga qadar bo'lib o'tadi.
Fikrlar