11 okt 15:51
Yangiliklar
Boks/MMA
XOQ Menni Pakyaoga Olimpiadada qatnashishga ruhsat bermadi
Xalqaro Olimpiya qo'mitasi (XOQ) prof boks bo'yicha sobiq jahon chempioni Menni Pakyaoga Parij Olimpiadasida qatnashishiga ruxsat bermadi.
Avvalroq Filippin Olimpiya qo'mitasi Pakyaoning ishtirokini so'rab, XOQqa murojaat qilgandi.
"Yosh chegarasi 40 yoshni tashkil etadi. Bu 2013 yilda AIBA tomonidan o'rnatilgan. XOQ 2019 yilda AIBAni Olimpiya o'yinlaridan chetlatgan bo'lsa ham, sportchilar manfaati yo'lida boksni Olimpiada dasturida qoldirgan.
XOQ IBAning texnik qoidalarini tasdiqlagan va bu Parijdagi o'yinlarda ham amal qiladi", - deyiladi XOQ bayonotida.
Havola :
Manba : TACC
Fikrlar