19 jan 14:44
Yangiliklar
XOQ Olimpiadaning ochilish marosimida 6 ming sportchi qatnashishini rejalashtirmoqda
Dastavval Olimpiadaning tantanali ochilish marosimida 200 mamlakatdan keladigan taxminan 11 ming sportchi ishtirok etishi kutilgan edi. Ammo koronavirus pandemiyasi sababli ochilish marosimini ixchamlashtirishga qaror qilindi. Tashkilotchilarning asosiy vazifasi marosimning ochilish hududida odamlarning ko'payib ketmasligini taminlashdan iboratdir.
O'tgan yili Tashkiliy qo'mita Olimpiya o'yinlarini o'tkazishni rasmiy ravishda soddalashtirishni yoqlab chiqdi. SHunga qaramasdan, Olimpiadaning 2021 yilga ko'chirilganligi va koronavirus pandemiyasiga qarshi choralar sababli bu musobaqalar uchun xarajatlar ortib, 1,64 trillion yenani (15,9 milliard dollarni) tashkil etmoqda.
Eslatib o'tamiz, Olimpiya o'yinlarining ochilish marosimi 2021 yilning 23 iyul sanasiga belgilangan.
Fikrlar