So’nggi yangiliklar

17:20Нурсултон Рўзибоевга мағлуб бўлган рус жангчисига янги рақиб берилди (ПОСТЕР) 0 16:43Расман: Диёр Имомхўжаев яна 4 йил ПФЛни бошқаради 0 16:14Мурат Гассиевнинг Баходир Жалолов билан жанг бўйича позицияси маълум бўлди 0 15:45Икки нафар ёш курашчимиз жаҳон чемпионатида совриндор бўлишди 0 15:18Қозоғистон ўзбекистонлик ММА жангчисини халқаро қидирувга берди 0 14:532026/27 йилги мавсумда дунёнинг энг қиммат 10 та футбол клуби номи маълум қилинди 0 14:19Энтони Жошуа - Тайсон Фьюри жанги қаерда ва қачон ўтказилиши айтилди 0 13:42Шон О`Мэлли танаффус олди: "Бир муддат кутиб тураман" 0 13:13Хамзат Чимаев UFC`га мурожаат қилди: "Нимани кутяпмиз?" 0 12:41"Ал Ҳилол" Англия терма жамоаси аъзосига 45 миллион фунт таклиф қилди 0 12:18Жо Роган Махачевга Йен Гэрри билан бўлган жангдан сўнг маслаҳат берди 0 11:43Кормье Нурмагомедовга: "Вақтни беҳуда сарфлашни бас қил" 0 11:17Пара академик эшкак эшувчиларимиз Жаҳон чемпионатида иштирок этади 0 10:46ESPN талқинига кўра дунёнинг энг яхши ҳужумкор ярим ҳимоячиси аниқланди. Беллингем – 2, Шерки – 4, Мактоминей – 8-ўринда! 0 10:20Махачевнинг мураббийи: "Ислам Хабибдан ўзиб кетди" 0

31 iyu 08:52
Yangiliklar

Tadbirlar

XOQ O'zbekistonda nishonlangan “Olimpiya kuni”ga yuqori baho berdi

Teglar :  XOQOlimpiya kuniMOQ
Xabaringiz bor, yuzaga kelgan pandemiya sabab butun dunyoda Xalqaro Olimpiya kuni onlayn tarzda nishonlandi.

SHu jumladan, yurtimizda ham. ZOOM platformasi orqali nishonlangan mazkur tadbir videolavha shaklida XOQga yuborildi. O'z navbatida, Xalqaro Olimpiya qo'mitasi mamlakatimizda nishonlangan tadbirga yuqori baho berdi va bu borada ko'rsatilgan tashabbus uchun tashakkurnoma jo'natdi. Xususan, unda shunday deyiladi:

Hurmatli janob SHoabdurahmonov,

XOQ prezidenti Tomas Bax Sizning 2020 yil 22 iyun kuni yo'llagan maktubingizni katta qiziqish bilan o'qidi. Fursatdan foydalanib, Sizga XOQ rahbari nomidan minnatdorchilik bildirishga ijozat bergaysiz.

Hozirgi murakkab davrda Sizning rahbarligingizdagi MOQ o'tkazgan «Olimpiya kuni» bayramini nishonlash mashaqqatli ish. Mening jamoam Siz yuborgan videolavhani butun dunyodagi Milliy olimpiya qo'mitalarini ilhomlantirish maqsadida NOCnet platformasiga joyladi.

Mamlakatingiz sport va Olimpiya qadriyatlarini targ'ib qilish bo'yicha amalga oshirayotgan say-harakatlarida yoshlarga alohida etibor qaratib, Olimpiya yo'riqnomasi-2020da ko'rsatilgan takliflarga to'liq rioya qildi. SHundan kelib chiqqan holda Siz va butun MOQ jamoasini samimiy qutlashga ijozat bergaysiz.

Men hamkorligimizning keyingi bosqichlarini ham katta qiziqish bilan kutib qolaman«.

Hurmat bilan,

Jeyms Makleod
XOQ Xalqaro aloqalar departamenti va «Olimpiya
birdamligi» dasturi direktori

Takidlash joiz, mamlakatimizda nishonlangan “Olimpiya kuni” haqidagi maqola XOQning 10 iyul kuni chop etilgan elektron haftalik nashridan ham o'rin olgan edi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing