So’nggi yangiliklar

21:57Двалишвили Нурмагомедовга "ответ" қилди: "Сизлар майда одамсизлар" 0 21:29"Милан" 4 футболчисини трансферга қўяди 0 20:55"Туран жангчиси" UFC`дан четлатилди 0 20:22Ислам Махачевга Конорга қарши бокс жанги таклиф қилинди 0 19:58Кудерметова Cincinnati Open саралаши финалига йўл олди 0 19:33Маркиньос ПСЖ билан 40-совринини қўлга киритди 0 19:00Тошкент мезбонлик қиладиган World Boxing Жаҳон кубоги финал турнирининг саналари ўзгарди 0 18:08Астана Челленжери. Сергей Фомин ҳам ғалабали юришини давом эттирмоқда 0 17:30Қозоғистон президенти Шавкат Раҳмоновнинг отаси вафотига муносабат билдирди 0 16:46“Барселона” вингери операция қилинди 0 16:04ИНТЕРВЬЮ. UFC собиқ жангчиси Маҳмуд Мурадов билан суҳбат 0 15:28Цветков ва Ростовцев Будапештдаги турнирда 3 та медални қўлга киритишди 0 14:50Бунақаси биринчи марта: Дана Уайтнинг ёрдамчиси Dana White’s Contender Series турнирида жанг қилиб, UFC шартномасини қўлга киритиш имкониятига эга бўлади 0 14:09Ўзбекистон МТЖ Басрадаги мусобақада иштирок этиши мумкин 0 13:36"Царукян UFC чемпионлик жангига лойиқ" - собиқ чемпион 0

18 dek 18:34
Yangiliklar

Gimnastika

Xorazmda gimnastika bo'yicha O'zbekiston ochiq chempionati bo'lib o'tdi

Teglar :  Badiiy gimnastika
Joriy yilning 15-17 dekabr kunlari Xorazm viloyati Urganch shahridagi “Yoshlik” sport majmuasining gimnastika zalida “Gimnastika barcha uchun” shiori ostida O'zbekiston ochiq chempionati bo'lib o'tdi.

O'zbekiston Jismoniy tarbiya va sport vazirligi va Gimnastika federaciyasi hamkorligida tashkil etilgan musobaqada yurtimizning turli hududlaridan tashrif buyurgan 17 ta jamoadan 500 nafarga yaqin gimnastikachilar olti nominaciyadagi medallar uchun bahsga kirishdilar.

Uch kun davom etgan musobaqada 14 yoshgacha bo'lgan qizlar, aralash va 45 yoshdan yuqori bo'lgan ayollar jamoalari tayyorlagan kompoziciyalar ijro mahorati, raqs va gimnastika elementlarini bajarish qobiliyati bo'yicha baholandi.

Musobaqa ishtirokchilari orasida gimnastika bilan muntazam shug'ullanayotgan sportchilar bilan birga maktab va kollejlar o'quvchilari, uy bekalari, korxona va tashkilotlar xodimlari ham borligi gimnastika aholining barcha qatlamlari o'rtasida keng ommalashayotganidan dalolatdir.

“Yoshlik” (Xorazm), “SHumtakalar” (Jizzax), “Yangi kun” (Nukus), “Star” (Samarqand), “Do'stlik” (Andijon), “Bog'ishamol” (Navoiy) va “SHo'x qizlar” (Jizzax) jamoalarining chiqishlari muxlisu mutaxassislar tomonidan yuqori baholanib, turli nominaciyalar bilan taqdirlandi.

Musobaqa bosh sovrini – O'zbekiston gimnastika federaciyasi kubogini poytaxtning “Evikids” jamoasi qo'lga kiritdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing