16 avg 15:10
Yangiliklar
Boks/MMA
Xorazmlik sportchi viloyat hokimini tanqid qilib chiqdi
Aralash yakka kurash ustasi Suhrobbek Atajanov o'zining Instagram sahifasi orqali Xorazm viloyati hokimini tanqid ostiga oldi.
U xorazmlik ikki nafar Olimpiada sovrindori — dzyudochi Alisher Yusupov hamda kurashchi G'ulomjon Abdullaevning viloyat hokimi bilan uchrashuvda munosib taqdirlanmaganidan norozi bo'ldi.
"Xorazm hokimi Olimpiada sovrindorlariga nafaqat faxriy yorliq, balki gul va chopon bilan ham taqdirladi", deb yozgan Atajanov.
Malumot uchun, Yusupov ham Abdullaev ham Parijda bo'lib o'tgan XXXIII yozgi Olimpiya o'yinlarida bronza medallariga ega chiqqan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar